Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 14-15 oktyabr kunlari Baku shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) yettinchi sammitida ishtirok etadi.

Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya hamda Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan  masalalarni muhokama qiladi.

Sammitda Turkiy kengashga a’zo davlatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasining to‘la huquqli a’zo sifatida Tashkilotga qo‘shilishi to‘g‘risida Qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.

Uchrashuv yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yettinchi sammitining deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bokuga tashrifi doirasida sammitda ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Avvalroq, O‘zbekiston  Turkiy tilli hamkorlik kengashining to‘laqonli a’zo bo‘lgani va tashkilotning Ozarbayjonda o‘tadigan navbatdagi sammitida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev sammitda

Baholaganlar

17

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar