Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylarni mukofotladi

Jamiyat

image

Bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi. 

Farmonga ko‘ra, ular O‘zbekiston mudofaa qudratini mustahkamlash, Qurolli Kuchlar jangovar salohiyatini yuksaltirish, davlat xavfsizligi va chegaralar daxlsizligini ta’minlash, professional milliy armiyani shakllantirish, harbiy xizmat nufuzini yuksaltirishdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalq osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati, sharafli va muqaddas burchini bajarishda mardlik va jasorat ko‘rsatgani, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun mukofotlangan. 

“Mardlik” ordeni bilan

  • Sherzod Hurmatjon o‘g‘li Ahmedov – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi;
  • Sardorbek Rajabboyevich Vafoyev – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri;
  • Hakim Abdumurat o‘g‘li Madiyev – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi;
  • Xurshid Hamdamovich Xudoyberganov – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi.

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Irina Vladimirovna Sayfiddinova – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni xizmat katta ofitseri.

“Jasorat” medali bilan

  • Alishoh Ilhom o‘g‘li Abdullayev – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Nodirjon Ibodilloyevich Omonov – Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Buxoro shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta yo‘riqchi-qutqaruvchisi;
  • Azimjon Siddiq o‘g‘li Ibragimov – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Aleksandra Vladimirovna Kim – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi batalyoni guruh katta mutaxassisi;
  • Muslimbek Sayfulla o‘g‘li Lapasov – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi;
  • Vahobjon Abduvaliyevich Mo‘minov (marhum) – Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori;
  • Jasurjon Rasul o‘g‘li Muhammadov (marhum) – Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori;
  • Ziyodullo Murodillo o‘g‘li Sulaymanov – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Avazbek Tilavoldiyevich Uzoqov – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
  • Inom Tohirovich Husainov – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i;
  • Mansur Bo‘riyevich Shomurodov – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaz katta o‘qituvchisi;
  • Amirxon Bahriddinovich Ergashev – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining o‘rinbosari;
  • Mansur Burxon o‘g‘li Qo‘shanov – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi.

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

  • Abror Isroilovich Abdumo‘minov – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi “Sariosiyo” temiryo‘l chegara bojxona posti guruh inspektori;
  • Jamshid Valijonovich Aliyev – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari harbiy qism qorovul boshlig‘i;
  • Feruz Yusufovich Badalboyev – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i;
  • Mirshod Murodovich Boboyev – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi markaz boshlig‘i;
  • Turg‘unboy Madaminjonovich Buvayev – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sud inspeksiyasi rahbari;
  • Maqsud Tursunboyevich Jo‘rayev – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh katta yo‘riqchisi;
  • Sobirjon Qodirovich Isoqov – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi;
  • Abdurauf Bobur o‘g‘li Karimov – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvod komandiri;
  • Rustam G‘ulomovich Qosimov – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi direktori;
  • Sanobar Tursunovna Mamadaliyeva – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi;
  • Avaz Aminovich Niyozov – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Akmal Norqo‘ziyevich Parpiyev – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i;
  • Murodjon Ilyos o‘g‘li Shukrullayev – Toshkent viloyati Toshkent tumani prokurorining o‘rinbosari;
  • Gulchehraxon Rahimjonovna Tursunova – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining katta yordamchisi;
  • Hamidulla Anorboyevich Turg‘anboyev – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Hasan Qurolovich Egamberdiyev – Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Boyovut tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi smena boshlig‘i;
  • Oybek G‘ofirjon o‘g‘li Ergashev – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi departamenti bo‘lim boshlig‘i.

“Shuhrat” medali bilan

  • Baxtiyor Abdusamadovich Abdusattarov – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Uchtepa tumani bo‘limi davlat ijrochisi;
  • Anvarxo‘ja Abdullayevich Odilxo‘jayev – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
  • Ruslan Anvar uli Aytmuratov – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
  • Murat Maratovich Jaqsimuratov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar ichki ishlar bo‘limi bo‘linma boshlig‘i;
  • Xurshid Mirqodirovich Mirtursunov – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism vzvod komandiri;
  • Mirzohid Yoriyevich Ostonov – Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – shtab boshlig‘i;
  • Asliddin Muxtorovich Sultonov – Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
  • Isaxon Marufjonovich Halenov – Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchi-yo‘riqchisi;
  • Jahongir Xudoyberdiyevich Eliyev – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

harbiy xizmatchilar Vatan himoyachilari kuni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing