Shavkat Mirziyoyev Belarusga yetib bordi
Jamiyat
−
08 iyul 2129 1 daqiqa
Bugun, 8 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Minsk shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Belarus poytaxtining xalqaro aeroportida davlat rahbarini Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchin, Tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov hamda boshqa rasmiylar kutib olgan.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilgan va faxriy qorovul saf tortgan.




Tashrif dasturiga muvofiq, 9 iyul kuni oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi