Shavkat Mirziyoyev bayram saylida ishtirok etdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navro‘zga bag‘ishlangan tantanali marosimdan so‘ng, bayram saylida ishtirok etdi. Sayilga kelgan odamlar bilan suhbatlashib, ularni tabrikladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, nuroniylar Allohdan bayram qutlug‘ kelib, hosillar mo‘l, rizqu nasiba ko‘p bo‘lishini, yanagi Navro‘zlarga tinchlik-farovonlikda yetkazishini so‘rab duolar qilgan.

Davlat rahbari milliy madaniyat markazlari, folklor-enografik jamoalar chiqishlarini kuzatdi. Yosh ijrochilarga doim o‘qish va izlanishda bo‘lish kerakligini ta’kidlab, ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.

Navro‘z sayillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda, qishloq va mahallalarda davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing