Shavkat Mirziyoyev “Arqadag‘”ni tavallud kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, qardosh Turkmaniston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan. 

O‘z navbatida Xalq Maslahati Raisi O‘zbekiston yetakchisiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetkazgan.

Bildirilishicha, tomonlar strategik sheriklikning bugungi holatini yuksak baholagan. Barcha darajalarda yaqin va samarali aloqalar davom ettirilmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror sur’atda o‘smoqda, sanoat, energetika, transport va boshqa ustuvor tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. “Shovot-Toshovuz” savdo zonasi unumli faoliyat yuritmoqda.

Hududlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Yaqinda Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarining yakunlari yuksak baholangan.

Joriy yil oktyabr oyida Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish doirasida mintaqaviy kun tartibini muvofiqlashtirish va ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing