Shavkat Mirziyoyev Alparslon Bayroqdorni qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayroqdor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, uchrashuvda Turkiyaning yetakchi AKSA kompaniyasi rahbari Jamil Qozonchi va Cengiz Energy kompaniyasi rahbari Ahmet Chingiz ham ishtirok etgan. Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazgan.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan. Ikki tomonlama hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan. O‘zaro savdo va investitsiya ko‘rsatkichlari, qo‘shma korxonalar soni, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar ko‘paymoqda.

Turkiya kompaniyalarining O‘zbekistondagi samarali faoliyati, ular bilan birgalikda umumiy quvvati 1,8 gigavatt bo‘lgan 1 milliard dollarlik zamonaviy elektrostansiyalarni qurish loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilgani alohida ta’kidlangan.

Energetika va geologiya sohalarida, shu jumladan, zamonaviy texnologiyalarni mahalliylashtirish, energetika uskunalarini ishlab chiqarish, taqsimlash tarmoqlarini boshqarishni takomillashtirish, istiqbolli konlarni birgalikda o‘zlashtirish va soha uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Shavkat Mirziyoyev yangi energetika quvvatlarini ishga tushirish hamda navbatdagilarini qurishga bag‘ishlangan tantanali marosimda qatnashib, unda yangi yilda Xitoy tajribasi asosida O‘zbekistonning 300 ta mahallasi hududida aholi bilan kooperatsiya orqali 107 megavattli quyosh stansiyalari o‘rnatilishi haqida ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkiya Alparslon Bayroqdor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing