Shavkat Mirziyoyev AQSHga yetib bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Nyu-York shahriga yetib bordi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Aeroportda Prezident Shavkat Mirziyoyevni Nyu-York shahri meri Erik Adams, AQSH-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, joriy yilning 19 sentyabr kuni davlat rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yalpi sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi hamda mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z nuqtai-nazarini bayon qiladi.

Yilning bosh xalqaro siyosiy tadbiri doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilari sammiti, xorijiy davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSHning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev N'yu-York Erik Adams

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing