Shavkat Mirziyoyev AQSH Kongressi senatorini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 3 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Kongressi senatori, Senatdagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus hamraisi Stiv Deynsni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida AQSH senatori davlat rahbari va xalqini mamlakat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilagan.

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash hamda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

So‘nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlikni har qachongidan ham yuqori darajaga ko‘tarishga erishilgani, muloqotlar va delegatsiyalar almashinuvi jadal sur’at kasb etgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar va sanoat yo‘nalishlarida yirik loyihalar izchil amalga oshirilmoqda.

Hududlar o‘rtasida, xususan, senator vakili bo‘lgan Montana shtati bilan aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollariga alohida urg‘u berildi.

“S5+1” formatidagi hamkorlik hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga tashrifi doirasida AQSH Prezidenti Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qilgandi.  


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing