Shavkat Mirziyoyev AQSH Qurolli kuchlari generalini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 20 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Kennet Makkenzini qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSH munosabatlari va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar hamda global xatarlarga qarshi kurashish mavzulariga alohida e’tibor qaratildi.

Afg‘onistonda tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash hamda ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan fikr almashildi.

Ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.

General Makkenzi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga uchrashuv uchun samimiy minnatdorlik bildirib, AQSH mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirish borasida qat’iy ekanini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Kennet Makkenzi

Baholaganlar

257

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing