Shavkat Mirziyoyev Halima Yaqubni O‘zbekistonga taklif etdi
Jamiyat
−
17 yanvar 2023
9081Bugun, 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida ushbu mamlakat Prezidenti Halima Yaqub bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Singapur o‘rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirish istiqbollari, ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlashtirish borasidagi islohotlar yuzasidan fikr almashildi.
Ta’lim sohasida faol hamkorlik qilinayotgani qayd etildi. Toshkentda Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti hamda Singapur texnologiyalar, menedjment va kommunikatsiyalar akademiyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Ikki mamlakatning Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani kengaytirish borasidagi tajribasi batafsil ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Singapur xalqaro maydonlarda mintaqaviy barqarorlik va izchil taraqqiyot masalalarida bir-birini anglashi va bu boradagi tashabbuslarni ilgari surishda o‘zaro ko‘maklashayotgani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.
Shavkat Mirziyoyev Halima Yaqubni o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi.
LiveBarchasi