Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga doir farmonni imzoladi

Jamiyat

image

Bir qator Xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida xabar berilmoqda. 

Farmonga muvofiq, Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya tuzildi.

Bundan tashqari, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tuzilib, uning asosiy vazifasi mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston

Baholaganlar

25

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing