Shavkat Mirziyoyev – Sirdaryoda!
Jamiyat
−
19 fevral 2019
9333O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Prezident safarini Sirdaryo tumanidan boshladi.
Davlatrahbari bu yerda “Sirdaryo universal oyna” korxonasi faoliyati, farmatsevtika va oziq-ovqat tarmoqlari uchun shisha idishlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishmoqda.
Tashrif davomida Xovos va Mirzaobod tumanlari, Yangiyer va Guliston shaharlariga borish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish sohalarida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15