Shatskix O‘zbekiston terma jamoasining JCHga chiqish imkoniyatini baholadi

Sport

image

“Paxtakor” klubi prezidentining sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Maksim Shatskix O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlarini baholadi.

“Jahon chempionatiga chiqishga oz qoldi, yana yarim qadam. Futbolchilar qiyin va murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Shuning uchun biz bu kichik qadamni tashlashimiz kerak, deb o‘ylayman. Umid qilamanki, hech qanday muammosiz mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz. Bizni BAA bilan safarda, Qatar bilan esa uyda o‘yinlarimiz bor. Agar Amirliklarda durang o‘ynasak, Jahon chempionatiga yo‘llanma olamiz”, deydi Shatskix.

Shuningdek, Shatskix terma jamoa BAA bilan o‘yinda qanday taktika tanlashi mumkinligi haqidagi savolga ham javob qaytardi.

“Balki, qarshi hujumlarni inobatga olib, himoyaviy o‘ynashimiz kerakdir”, deydi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Temur Kapadze shogirdlari Jahon chempionati saralashi 3-bosqich 9-turi doirasida 5 iyun kuni safarda BAA bilan, 10 iyun kuni Toshkentda Qatar bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor O'zbekiston Maksim Shatskix Temur Kapadze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing