Sharof Rashidovning qizi vafot etdi
Olam
−
17 dekabr 2021
34125Joriy yilning 14 dekabr kuni taniqli olim, jamoat arbobi Svetlana Sharofovna Rashidova 70 yoshida AQSHda vafot etdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi “Tashkent Retrospective” guruhida ma’lum qilingan.
Svetlana Rashidova 1952 yil 1 martda Toshkent shahrida O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi bosh kotibi Sharof Rashidov oilasida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining romano-german fakultetini tamomlagan. Moskva davlat universitetida chet el adabiyoti fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Toshkent davlat universitetining roman-german fakultetida ishlagan.
1971 yilda Alisher Vohidovga turmushga chiqqan. Alisher Vohidov Nyu-Yorkda 1994 yildan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi, 1997-2008 yillarda esa respublikaning BMTdagi elchisi, doimiy vakili lavozimlarida ishlagan.
Svetlana Sharofovna BMT delegatsiyalari mehmondo‘stlik qo‘mitasining BMTdagi diplomatlarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha vitse-prezidenti sifatida Nyu-Yorkdagi jamoat ishlarida faol ishtirok etgan. So‘nggi yillarda u kasal edi va 14 dekabrda vafot etdi.
Uning bir o‘g‘il, bir qiz farzandi bor.
LiveBarchasi