Sharl Mishel Aliyev va Pashinyan bilan gaplashib oldi
Olam
−
30 avgust 2022
3376Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bugun, 30 avgust kuni telefon orqali Baku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish jarayonini muhokama qildi. Bu haqda Ozarbayjon davlati rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Telefon suhbatida Armaniston va Ozarbayjon munosabatlarini normallashtirish jarayoni hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan 31 avgust kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak uchrashuv [Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan] kun tartibiga oid masalalar muhokama qilindi”, deyiladi xabarda
Telefon suhbati Mishelning tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.
Shuningdek, bugun, 30 avgust kuni Mishel Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan ham telefon orqali muloqot qilgan.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel telefon muloqoti chog‘ida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan 31 avgust kuni Bryusselda o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralar samarali bo‘lishiga umid bildirgan.
"Suhbatdoshlar Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 31 avgust kuni Bryusselda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uch tomonlama uchrashuviga to‘xtalib o‘tdi. Tomonlar muloqotni davom ettirish muhimligini ta’kidlab, muzokaralar samarali bo‘lishiga umid bildirdilar”, deyiladi Armaniston Vazirlar Mahkamasi xabarida.
Pashinyan va Aliyev oxirgi marta 22 may kuni Bryusselda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel vositachiligida ikki davlat munosabatlarini normallashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazgan. 23 may kuni davlat rahbarlari chegaralarni delimitatsiya qilish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha komissiyalar tuzish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladilar. Arman komissiyasiga Mger Grigoryan, ozarbayjon komissiyasiga Shahin Mustafoyev rahbarlik qildi.
LiveBarchasi