Sharqiy Qozog‘istonda yog‘gan qorning qalinligi 30 sm ga yetdi (video)
Olam
−
27 Sentabr 2023
16670Kecha, 26 sentyabr kuni Sharqiy Qozog‘iston viloyatining bir qancha tumanlarida birinchi qor yog‘di. Bu haqda KTK telekanali xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Markako‘l yaqinida qor qalinligi qariyb 30 santimetrga yetgan. Qatanqarag‘ay tumani aholisi ham qor bilan qoplangan manzara tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashmoqda.
Meteorologlarning fikricha, bu g‘ayritabiiy holat emas. Bir kun oldin ular Sharqiy Qozog‘iston viloyatining tog‘li hududlari aholisini yaqinlashib kelayotgan yomon ob-havo haqida ogohlantirgan.
“Markako‘l qo‘riqxonasi ob-havo stansiyasida 28 sm gacha qor yog‘di. Qatanqarag‘ayda qor qalinligi 3 sm ga yetgan, chunki qor ho‘l bo‘lib, tez erib ketgan. Ayni paytda tog‘li hududlarda -2 darajagacha sovuq”, deya ma’lum qilgan Kazgidromet.
Sharqiy Qozog‘istonda ikki kun davomida to‘xtovsiz qor yog‘gani aytilgan.
O‘tgan yili avgust oyining o‘rtalarida Qatanqarag‘ay tumanidagi Oltoy tog‘ining eng baland nuqtasi bo‘lgan Muztau cho‘qqisiga qor tushgan edi.
“So‘nggi 10 yil ichida birinchi marta qor juda erta yog‘di. Biroq qor tezda erib ketdi”, degan Ko‘kko‘l sharsharasi yaqinidagi sayyohlik oromgohi rahbari, alpinist Vyacheslav Orlov.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi