Sharda Universiteti talabasi bo‘ling va 50% gacha grantni qo‘lga kiriting
Biznes
−
28 iyul 2022
7317Andijon shahrida joylashgan O‘zbekistondagi Sharda Universiteti 2019 yil Prezidentning maxsus qarori bilan Sharda Group kompaniyasining har bir talabaga jahon standartlariga javob beradigan ta’limni taqdim etish majburiyatiga asosan tashkil etilgan. Bu Sharda Universitetining birinchi offshor kampusi bo‘lib, unda 95 dan ortiq mamlakatlardan kelgan talabalar tahsil oladilar. Universitet Dehlining yetakchi ta’lim, tadqiqot va innovatsiya markazlaridan biriga aylangan.
O‘zbekiston Yevroosiyo mintaqasida rivojlanayotgan davlat. Shu bois Sharda Universiteti O‘zbekistonda faoliyat yuritib, nafaqat o‘zbekistonlik talabalarga, balki qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston talabalariga ham xizmat ko‘rsatadigan Yevroosiyodagi birinchi hind kampusi bo‘lishni maqsad qilgan.
Universitetda to‘rtta fakultet mavjud:
1.️Asosiy fanlar fakulteti,
2.️Muhandislik va texnologiya fakulteti,
3.️Menejment fakulteti,
4.️Gumanitar fanlar fakulteti.
Universitet tomonidan taqdim etiladigan kurslar quyidagilardan iborat:
1. Texnologiya bakalavri (informatika va muhandislik)
2. Biznes boshqaruvi bakalavri
3. Amaliy ingliz tili bakalavri
Qisqa vaqt ichida O‘zbekistondagi Sharda Universiteti 400 dan ortiq talabaga zamonaviy oliy ta’lim berish bilan o‘ziga xos o‘rinni egalladi. Talabalar tajribali akademiklar va sanoat mutaxassislaridan iborat yetakchi professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladi va global iqtisodiyotning murakkab talablariga javob berishga tayyorlaydi, shuningdek, o‘zgaruvchan dunyo iqtisodiyotiga moslashib borishlari uchun talabalarda iqtisodiy global muammolarni hal qilish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Sharda butun dunyo bo‘ylab 15 dan ortiq universitet va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Universitetda talabalar Germaniya kabi xorijiy mamlakatlarga tashrif buyuradigan "Work and Travel" dasturi mavjud.
Universitet nafaqat eng yaxshi ta’limni berishga, balki ijobiy ta’lim tajribasini taqdim etishga ham intiladi.
Universitetda tadbirkorlik, investitsiya va savdoni rivojlantirish bo‘yicha markaz tashkil etilgan. O‘SHUda, shuningdek, Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘limi mavjud bo‘lib, unda talabalar keng doiradagi ilovalar uchun innovatsion dasturiy ta’minotni ishlab chiqadilar.
Industry-connect tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda, turli kompaniyalarning taniqli ma’ruzachilari Sharda universiteti talabalari bilan suhbatlashib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar. Universitetda Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi va Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ilmiy olimpiadada 100 foiz, 75 foiz va 50 foizlik stipendiya olgan yuzlab talabalar ishtirok etdi.
Sharda universiteti stipendiyasi va kirish testi (SUSAT) uchun imtihonlar onlayn va oflayn rejimda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, talabalar xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tilini bilish imtihonini tugatganlik sertifikatini taqdim etishlari yoki Shaxsiy intervyuga (PI) kelishlari kerak.
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring shardauniversity.uz
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi