Shantaj orqali 150 ming “ko‘k”ida talab qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 31 yanvar kuni, Marg‘ilon shaharida yashovchi, 34 yoshli A.A. Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiligan. U murojaatida noma’lum shaxs Telegram messenjeri orqali shaxsiy video tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, undan 150 000 AQSH dollarini talab qilayotganligini aytgan. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

3 fevral kuni, Farg‘ona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona shaharda yashovchi, 31 yoshli fuqaro Q.Sh. arizachi A.A.dan Qo‘qon shahar Turkiston ko‘chasida joylashgan savdo do‘koni yonida, 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida, daliliy ashyo bilan ushlangan.

Hozirda, Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Q.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona shantaj

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing