Shanxaydan uchgan samolyot bortidagi janjal sabab Toshkentga qo‘ndi
Jamiyat
−
30 Oktabr 2023
24738Shanxaydan Frankfurtga uchgan samolyot bortdagi janjal sabab Toshkent xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 30 oktyabr kuni Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasining Shanxaydan Frankfurtga uchayotgan LH729 yo‘lovchi reysi ikki yo‘lovchining janjali tufayli Toshkent xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga kelib qo‘ngan.
Ekipaj samolyot oldiga huquq tartibot organlari xodimlarini chaqirishni so‘ragan. Shundan so‘ng janjal ko‘targan yo‘lovchilar reysdan olib tashlangan.
Aniqlik kiritilishicha, Toshkent vaqt bilan 17:32 da favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan Boeing 747-800 ning bortida 206 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Havo kemasi oradan 3 soat o‘tgach – 20:36 da Toshkentdan belgilangan manziliga uchib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskvadan Toshkentga uchgan samolyoti bortida 45 yoshli erkak vafot etgan edi.
LiveBarchasi