Shakira JCH ochilishida chiqish qiladi

Sport

image

Kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira FIFA Jahon chempionatining ochilish marosimida chiqish qiladi. Bu haqida FIFA xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Shakira joriy yilning 11 iyun kuni Meksika shahridagi “Asteke” stadionida Burna Boy bilan birgalikda 2026 yilgi Jahon chempionatining rasmiy qo‘shig‘i “Dai Dai”ni ijro etadi. Shu kuni turnirning ilk uchrashuvi – Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Meksikadagi shouda kolumbiyalik reggeton ijrochisi J. Balvin hamda janubiy afrikalik xonanda Tula ham ishtirok etadi.

Ochilish tadbirlari mezbon davlatlar – AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladigan dastlabki o‘yinlardan oldin tashkil etiladi.

Kanadada esa joriy yilning 12 iyun kuni Toronto shahridagi stadionda Kanada va Bosniya va Gersegovina o‘yini oldidan Maykl Buble va Alanis Morissett chiqish qiladi.

AQSHdagi ochilish dasturi 13 iyun kuni Los-Anjelesdagi “Sou-Fay” stadionida AQSH va Paragvay o‘yini oldidan Keti Perri va reper Fyucher ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Shakira 19 iyul kuni bo‘ladigan Jahon chempionati finalida Madonna va BTS bilan birgalikda tanaffus shouda ham bosh ijrochilardan biri bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati FIFA Shakira

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing