Shaxsiy hayot daxlsizligi Konstitutsiyada mustahkamlanadi
Jamiyat
−
20 iyun 2022
5249O‘zbekistonning har bir fuqarosi mamlakatdan erkin chiqish va qaytish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu haqda bugun, 20 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Bilasizlarmi, meni ko‘p yillardan buyon qiynab kelgan yana bir masala bor edi, u ham bo‘lsa “propiska”, degan muammo.
Odamlarimizni, ularning huquqlarini kamsitadigan bunday holatni bartaraf etish uchun biz yo‘llardagi nazorat postlarini, “propiska”, degan narsani yo‘q qildik.
Kelgusida bunday to‘siqlarni tizimli hal etish uchun har bir O‘zbekiston fuqarosi mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar yoki yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega bo‘lishi shart. Har bir fuqaroga mamlakatdan to‘siqlarsiz chiqish va qaytish huquqi kafolatlanishi lozim”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, shaxsiy hayot daxlsizligi va uning kafolatlari aynan Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi kerakligi ta’kidlandi.
LiveBarchasi