Shaxmat: O‘zbekiston Isroilni mag‘lub etdi

Sport

image

Vengriya poytaxti Budapeshtda davom etayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 6-tur o‘yinlari ortda qoldi.

Bu turda O‘zbekiston erkaklar jamoasi isroillik shaxmatchilarga qarshi dona surib, 2.5-1.5 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, ayollar jamoasi Niderlandiya bilan 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Isroil ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston erkaklar jamoasi turnir jadvalidagi o‘rnini ikki pog‘onaga yaxshilab, 10 ochko bilan 5-o‘rindan joy oldi. 12 ochko bilan Hindiston terma jamoasi karvonboshilikni hech kimga bermay kelmoqda.

7-turda erkaklar terma jamoasi Ukraina terma jamoasi bilan bahs olib boradi. Ayollar terma jamoasi esa gretsiyalik shaxmat ustalariga qarshi dona suradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Isroil Shaxmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing