Shaxmat: O‘zbekiston Hindiston bilan durang o‘ynadi

Sport

image

Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat Olimpiadasining 9-turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Hindiston bilan, ayollar jamoasi esa Serbiya bilan to‘qnash keldi.

Musobaqa peshqadami va favoriti hisoblangan hindistonlik shaxmatchilar bilan kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etildi. Har to‘rtta taxtada tomonlar murosa yo‘lini tanladi.

Ayollar jamoasidan esa Afruza Hamdamova va Nodira Nodirjonovalarning g‘alabalari evaziga ayollar jamoasi mag‘lubiyatdan qutulib qoldi va murosa yo‘lini tanladi.

Bugun, 21 sentyabr kuni 10-turda, erkaklar terma jamoasi chempionlik yo‘lida asosiy raqiblardan biri – Xitoy terma jamoasiga qarshi bahs olib borsa, ayollar terma jamoasi Angliya jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Uchrashuvlar bugun soat 18:15 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy Hindiston Shaxmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing