Shaxmat olimpidasi: Nodirbek Abdusattorovdan navbatdagi g‘alaba

Sport

image

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Hindiston-2 terma jamoasi bilan durrang natija qayd etdi.

O‘zbekistton terma jamoasi hisobidagi yagona g‘alaba Nodirbek Abdusattorovga nasib etdi. Nodirbek Gukesh Dommarajmu ustidan zafar qozondi.

Afsuski, Javohir Sindorov Praggnanandhaga qarshi kechgan bahsda mag‘lubiyatga uchradi.

O‘zbekiston terma jamoasi sharafi himoya qilgan yana bir shaxmatchi – Nodirbek Yoqubboyev Sarin Nihal bilan kechgan to‘qnashuvda murosa ko‘chasini tanladi. Shuningdek, Jahongir Vohidov ham Adhiban bilan uchrashuvda durrangga imzo chekkan. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi hindsitonlik kuchli raqiblariga qarshi o‘yinda munosib kurash olib bordi. Tomonlar 2:2 hisobida durrangga rozi bo‘lishdi.

Ushbu ushrashuvdan so‘ng, O‘zbekiston terma jamoasi hiosobidagi ochkolar soni 17 taga yetdi. Bu orqali o‘zbekistonlik shaxmatchilar musobaqa jadvalidagi birinchi pog‘onani o‘zlarida saqlab qoldi.

So‘nggi turda O‘zbekiston g‘alaba qozonsa, chempionlikni nishonlaydi – ochkolar teng kelib qolgan taqdirda qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobga olinadi va bu borada ustunlik O‘zbekiston tomonida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

257

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing