Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi
Sport
−
09:37 1656 1 daqiqa
Kecha, 24 sentyabr kuni Samarqand mezbonlik qilayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 8-tur bahslari yakunlandi. Unda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Germaniyaga qarshi kechgan keskin bahsda musobaqadagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
O‘zbekiston terma jamoasi safida Nodirbek Abdusattorov o‘z partiyasini durang bilan yakunlagan bo‘lsa, Javohir Sindorov g‘alaba qozondi. Biroq Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyevning mag‘lubiyatlari Germaniya terma jamoasiga umumiy hisobda g‘alaba qozonish imkonini berdi.
Natijada Germaniya O‘zbekistonni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi musobaqadagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Germaniya terma jamoasi bundan avval AQSH jamoasini ham mag‘lub etgan edi.
8-tur bahslarida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa Niderlandiyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, muhim g‘alabaga erishdi.
Ayni paytda Samarqandda o‘tkazilayotgan shaxmat Olimpiadasining navbatdagi bosqichi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 14 ochko bilan umumiy reytingda peshqadamlik qilmoqda. Germaniya esa O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng ochkolarini 14 taga yetkazgan holda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Kuchli uchlikni 13 ochko bilan Xitoy yakunlab turibdi.
Live
Barchasi