Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston AQSHni taslim etdi

Sport

−

image

Bugun, 25 sentyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazildi. Ushbu turda O‘zbekiston-1 jamoasi AQSH ustidan g‘alaba qozondi.

Dastlab Muhiddin Madaminov Levon Aronian bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov Fabiano Karuanani mag‘lubiyatga uchratdi. Javohir Sindarov esa Uesli Soga imkoniyatni boy berdi. Hal qiluvchi bahsda Nodirbek Yoqubboyev Hans Niemanni mag‘lubiyatga uchratdi va O‘zbekiston jamoasi uchun 2.5-15 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu turdan keyin O‘zbekiston turnir jadvalidagi 1-o‘rnini mustahkamlab oldi.

Shuningdek, O‘zbekiston-2 jamoasi Anish Giri boshchiligidagi Niderlandiya ustidan g‘alaba qozonib, sensatsiya qayd etdi – 3.5 : 0.5.

Boshqa jamoalarning ushbu turdagi natijalari:

  • O‘zbekiston (ayollar) – Hindiston: 1 – 3;
  • O‘zbekiston-2 (erkaklar) – Niderlandiya: 3.5 – 0.5;
  • O‘zbekiston-2 (ayollar) – Islandiya: 2.5 – 1.5;
  • O‘zbekiston-3 (erkaklar) – Qirg‘iziston: 2.5 – 1.5;
  • O‘zbekiston-3 (ayollar) – Italiya: 1.5 – 2.5.

Eslatib o‘tamiz, Butunjahon shaxmat olimpiadasining 8-tur bahslarida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Germaniyaga qarshi kechgan keskin bahsda musobaqadagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing