Shaxmat olimpiadasi chempionlariga pul mukofoti naqd berildi

Jamiyat

image

Bugun, 12 avgust kuni Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi — O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga 600 mln so‘mlik pul mukofotlari topshirildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, vazirlik binosida bo‘lib o‘tgan tadbirda olimpiadada biror marotaba ham mag‘lubiyatga uchramasdan chempion bo‘lgan jamoa a’zolari — Jahongir Vohidov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindorov va Shamsiddin Vohidovga mukofot 200 ming so‘mlik kupyuralarda, naqd pul shaklida berilgan.

Avvalroq, chempionlar Equinox avtomobili hamda “O‘zbekiston iftixori” medali bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edik. 

Ma’lumot uchun, 2024 yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi Vengriya poytaxti Budapeshtda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston esa ushbu musobaqaga 2026 yilda mezbonlik qilish imkoniyatini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

602

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing