Shaxmat Olimpiadasi bayrog‘i O‘zbekistonga topshirildi
Sport
−
23 Sentabr
8354Vengriyada o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasining yopilish marosimida musobaqa bayrog‘i O‘zbekistonga topshirildi.
An’anaviy tarzda taqdirlash marosimi yakunlangach turnir bayrog‘i 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi mezbonlariga berildi. Navbatdagi shaxmat Olimpiadasi 2026 yilda Toshkentda o‘tkaziladi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbari Alisher Sa’dullayev FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovichdan musobaqa bayrog‘ini qabul qilib oldi.
O‘z navbatida, Sa’dullayev turnir bayrog‘ini O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Nodirbek Abdusattorovga topshirdi.
Qayd etish joiz, bungacha O‘zbekiston blits va rapid bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan. Bahslar Samarqand shahrida o‘tkazilgan. Endi esa mamlakat poytaxti Toshkent jamoaviy tasnifda shaxmat bo‘yicha eng nufuzli turnirni o‘zida qabul qiladi.
LiveBarchasi