Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonda bo‘lib o‘tadigan olimpiadaga jo‘nab ketdi

Biznes

image

27 iyul kuni Toshkent xalqaro aeroportida 28 iyul — 8-avgust kunlari Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon shaxmat olimpiadasiga o‘zbekistonlik shaxmatchi yigit-qizlar jo‘nab ketdi. 

Avvalroq O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev olimpiadada ishtirok etadigan 10 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi yigit-qizlar ro‘yxatini e’lon qilgandi

"O‘zbekiston shaxmat tarixiga yorqin natijalar bilan kirish sportchilarimizga nasib qilsin, Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan sportchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz", deb shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlagan Alisher Sa’dullayev.

Ma’lumot uchun, mazkur olimpiadaga O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi o‘rtacha 2625 reyting ochkosi bilan umumjamoa hisobida 14-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, ayollar terma jamoamiz esa 2094 reyting ochkosi bilan 46-o‘rinda qayd etilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing