Shahlo yana “Million”da!

Biznes

image

O‘zbek san’ati vakillari “Million Wear” brendining futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga bag‘ishlangan kolleksiyasi reklamasida suratga tushishdi. Alisher Uzoqov, Shahlo Zoirova, Muhammadali Navro‘zov, Sevisha, Ma’ruf, Asal, Dilshodbek Kattabekovlar Angliya, Fransiya, Turkiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Rossiya, Gollandiya va Portugaliya bayroqlarini eslatuvchi futbolkalarda ushbu kolleksiya yuziga aylandilar.

Ta’kidlash joizki, 2018 yildan buyon o‘z tomoshalarida muxlislar uchun “Million Wear” nomi ostida liboslar taqdim eta boshlagan jamoa a’zolari yaqindagina “Xalqlar do‘stligi” maydoni ro‘parasida birinchi brend do‘konini ochgandilar. Tashrif buyurgan xaridorlar mahsulot sifati va narxlaridan yaxshi ma’noda hayratda ekanliklarini yashirmayaptilar.

Aytishlaricha, yangi kolleksiya reklamasiga aktyorlar uzoq bahs va munozaralardan so‘ng saralab, taklif qilingan. Eng qizig‘i, “Million” jamoasi a’zosi Ma’rufga yangi kolleksiya shunchalik manzur keldiki, o‘zi muxlislik qilmaydigan Germaniya terma jamoasi futbolkasida suratga tushishga ham rozi bo‘ldi.

Darvoqe, “Million Wear” 10 iyundan boshlab futbol ishqibozlari uchun do‘konning o‘zida 15 daqiqa ichida futbolkalarga sevimli raqam va mijozning ismi yoki familiyasini yozdirish xizmatini ham yo‘lga qo‘ymoqda. Qolaversa, mazkur fan-liboslarga onlayn buyurtma bersa ham bo‘ladi.

Bundan tashqari, “Million Wear” Ramazon oyi munosabati bilan e’lon qilgan bepul yetkazib berish xizmati futbol bo‘yicha Yevropa chempionati vaqtida ham amal qiladi. Yaxshi ko‘rgan jamoangizni o‘zingizga yarashadigan libosda qo‘llab quvvatlang!

Call-markaz:+998 97 330 88 88

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

568

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing