Shahzoda Filippning dafn marosimi: harbiylar “repetitsiya”si avjida (fotoreportaj)
Olam
−
15 aprel 2021
8867Buyuk Britaniyada joriy yilning 9 aprel kuni 99 yoshida vafot etgan shahzoda Filippning dafn marosimi uchun repetitsiya jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Edinburg gersogining dafn marosimi 17 aprel kuni London yaqinidagi Qirollik Vindzor qasridagi Sent-Jorj ibodatxonasida bo‘lib o‘tadi.
Marosim Britaniya televideniyesida namoyish etiladi va koronavirusga qarshi xavfsizlik qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Dafn marosimiga Britaniya armiyasi, harbiy havo kuchlari, dengiz floti jalb qilinadi.
Dengiz flotida xizmat qilgan gersog uchun harbiylar har doim muhim bo‘lgan, shuning uchun ularning vakillari marosimda ishtirok etadi va eng yuqori harbiy amaldorlar mehmon sifatida taklif qilinadi.
Bukingem saroyi o‘z bayonotida marosim gersogning o‘z xohishiga "juda yaqin" tarzda o‘tkazilishini ma’lum qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, shahzoda Filipp uning dafn marosimini minimal shovqin bilan o‘tkazishni iltimos qilgan.
Marosim uchun repetitsiya jarayonlari Surrey grafligi Uoking shahridagi Pirbrayt armiyasi o‘quv markazida bo‘lib o‘tgan.
Avvalroq, Buyuk Britaniya taxti merosxo‘ri, Uels shahzodasi Charlz otasi, Edinburg gersogi Filipp o‘zining o‘limi haqidagi xabarga dunyo qanday munosabat bildirganini ko‘rsa, juda ta’sirlangan bo‘lardi, deya uni xotirlagandi.
LiveBarchasi