Shahzoda Filipp dafn etildi. Qirolicha Yelizaveta II yolg‘iz qoldi (fotoreportaj)

Olam

image

Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filipp Vindzor qal’asidagi Avliyo Georgiy ibodatxonasida dafn etildi. Bu haqda “Reuters” yozmoqda.

Edinburg gersogi uning dafn marosimi atrofida “shov-shuv” bo‘lishini istamagandi va koronavirus pandemiyasi uning xohishini to‘liq bajarishga imkon berdi.

Dafn marosimida antiqa qoidalarga binoan marhumning atigi 30 nafar yaqin qarindoshi qatnashgan.

Ma’lum qilinishicha, gersog Avliyo Georgiy ibodatxonasiga vaqtinchalik dafn etilgan. 

Qayd etilishicha, Qirolicha Yelizaveta II vafot etganidan so‘ng, shahzoda Filippning qabri qirolichaning ota-onasi – Qirol Jorj VI va Qirolicha Yelizaveta hamda uning kichik singlisi malika Margaret qabrlari yoniga ko‘chiriladi. Chunki bu yerga Qirolicha Yelizaveta II ning o‘zi ham ko‘miladi. Shunday qilib, 73 yil birga yashagan turmush o‘rtoqlar yana birlashadi.

Eslatib o‘tamiz, 9 aprel kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II ning eri, Edinburg gersogi Filipp 99 yoshida vafot etdi.

Filipp joriy yilning fevral oyida tobi qochgani tufayli shifoxonaga yotqizilgandi. Shundan so‘ng u mart oyida yurak xuruji bilan bog‘liq operatsiyani boshdan o‘tkazib, qo‘shimcha davolanish uchun bir muddat shifoxonada qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

240

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing