Shahrisabzdagi do‘konlarga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
30 iyun 10870 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida joylashgan ikkita do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 30 iyun kuni soat 20:50 da shaharning “Kesh” MFY Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan ikkita do‘konda (qandolat va quruq mevalar) yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida shahar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:53 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:03 da o‘rab olingan va soat 21:10 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida do‘konlarning taxminan 30 kvadrat metr maydonda tom va ichki qismi yongan. Do‘konlar bozor hududida joylashmagan.
FVV xabariga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jaroxati olgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon tumanida joylashgan yashash xonadonlaridan biri yongandi. Yong‘in oqibatida aholi yashash xonadonining shift tom qismi va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.
Live
Barchasi