Shahrisabzda “glavvrach” pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida markaziy poliklinika bosh shifokori 2 000  dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot kotibi xabar berdi.

Shahrisabz tumani poliklinika boshlig‘i fuqaroga 20 sotix yerni noqonuniy sotish maqsadida 2000 AQSH dollari olayotganda qo‘lga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 211 (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Ayblanuvchi esa qamoqqa olingan.

Matbuot kotibiga ko‘ra, markaziy poliklinika bosh vrachi pora bilan qo‘lga tushishi ortidan Shahrisabz tumani tibbiyot bo‘limi boshlig‘ini o‘z vazifasidan ozod etilgan.

Aytish joizki, so‘nggi kunlarda ma’sul shaxslarning pora bilan qo‘lga olish holatlari juda ko‘p sodir bo‘lmoqda. Xususan, Toshkent viloyati sudyasi pora olishda ayblanib, jinoyat ishi figurantiga aylangani, Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari $50 000 pora bilan ushlangani bunga misol bo‘la oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

564

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made