Shahrisabzda erkak o‘zi, 3 farzandi va rafiqasini yoqib yubordi
Jamiyat
−
01 avgust 2020
43941Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida erkak o‘zi, turmush o‘rtog‘i va 3 nafar farzandini avtomobilda yoqib yubordi.
Bosh prokuratura Matbuot xizmatining QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban ma’lum qilishicha, hodisa joriy yilning 28 iyul kuni yuz bergan. Shahrisabz shahri, Namaton mahallasida yashovchi S.N. (1979 y.t., sudlangan, MCHJ rahbari) turmush o‘rtog‘i (1985 y.t.), va 3 nafar farzandlari bilan birga tog‘asining uyidan qaytayotgan bo‘lgan. S.N. yo‘lda turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolgan va Lada Vesta avtomobilini to‘xtatib, eshiklarni qulflab, o‘zi va oila a’zolariga benzin sepib yoqib yuborgan.
Shundan so‘ng, ularga yordamga yetib kelgan fuqarolarning ko‘magi bilan shifoxonaga olib kelingan va jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Biroq, fukaro S.N.ning qizi avtomashinada qolib ketganligi sababli hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 31.07.2020 yilda Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “v, j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi