Shahrisabz xavf ostidagi butunjahon merosi ro‘yxatida qoldirildi
Jamiyat
−
03 iyul 2019
4457Kecha, 2 iyul kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida o‘tayotgan YUNESKO Butunjahon merosi masalalari bo‘yicha 43-sessiyasida Shahrisabzga doir qaror qabul qilindi.
Hujjat O‘zbekiston rahbariyati tomonidan jahon merosini muhofaza qilishga doir qabul qilingan chora-tadbirlarni, shu jumladan hukumatning tarixiy shaharlardagi barcha qurilish ishlarini to‘xtatishga oid qarorini tasdiqlaydi. U shaharning istiqboldagi rivojlanishiga doir aniq tavsiyalarga ega bo‘lib, Shahrisabzni xavf ostidagi butunjahon merosi ro‘yxatida qoldirish haqida qaror qiladi.
O‘zbekiston tomon ikki yil muddat ichida shaharning regeneratsiya rejasi loyihasini ishlab chiqish majburiyatini oldi.
Ma’lumot uchun, Bakudagi yig‘ilishda O‘zbekistondan Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.
LiveBarchasi