Shahrisabz Davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori hibsga olinmagan

Jamiyat

image

Avvalroq, Shahrisabz Davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori N.X. hibsga olingani haqida xabar bergan edik.

Aniqlanishicha, 62,9 mln so‘m hajmdagi byudjet mablag‘larini o‘zlashtirda ayblanayotgan bosh direktor hibsga olinmagan. Hozirda unga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha surishtiruv davom etyapti.

Eslatib o‘tamiz, N.X. bu pullarni muzey-qo‘riqxonada haqiqatda ishlamagan turmush o‘rtog‘i D.V. va 4 nafar fuqarolarga soxta hujjatlar asosida ish haqi hisoblab, talon-taroj qilganlikda ayblanyapti.

Mazkur holat yuzasidan N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat muzey-qo'riqxonasi

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar