Shahobiddin chorak finalga chiqdi

Sport

image

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan  boks bo‘yicha jahon chempionati  davom etyapti.

Bugun, 17 sentyabr kungi bellashuvlarda O‘zbekiston vakillaridan birinchi bo‘lib Shahobiddin Zoirov (52 kilogramm) chorak final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarildi.

Shahobiddin qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevga qarshi bahs olib borib, jangda o‘z ustunligini namoyish etib (5:0), keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

U endi bolgariyalik Daniel Panev Asenovga qarshi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

Kun davomida O‘zbekiston boks terma jamoasining yana 5 nafar vakili chorak final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi.
Bular:

91 kilogramm vazn toifasida: Sanjar Tursunov – Sanjit Sanjit (Hindiston)
57 kilogramm vazn toifasida: Miraziz Mirzaxalilov – Muhammad Hamout (Marokash)
 69 kilogramm vazn toifasida: Bobousmon Baturov – Delante Jonson (AQSH)
81 kilogramm vazn toifasida:Dilshod Ro‘zmetov – Andre Paul Aradoay (Ruminiya)
+91 kilogramm vazn toifasida: Bahodir Jalolov – Sotne Rogava (Ukraina).

Ring B: Sanjar Tursunov - Sanjit, 17:40dan so‘ng, Mirazizbek Mirzaxalilov - Muhammad Hamut, 19:25 dan so‘ng, Bobousmon Baturov - Delante Jonson, 19:55dan so‘ng,  Dilshodbek Ro‘zmetov - Andrei Aradoay, 21:20 dan so‘ng, Bahodir Jalolov - Sonte Rogava, 22:30dan so‘ng.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shahobiddin Zoirov

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing