Shahnoza Mirziyoyeva Suriyadan qaytarilgan ayollar bilan uchrashdi
Jamiyat
−
02 iyun 2019
7573Maktabgacha ta’lim vazirligi 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Suriyadan qaytgan bolalar va ayollar uchun bayram tadbiri uyushtirib berdi. Bu haqda Qalampir.uz manbasi xabar bermoqda.
Toshkent viloyatidagi sanatoriyalarining birida tashkil etilgan bayram tadbirida Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ishtirok etgan.
Shahnoza Mirziyoyeva O‘zbekistonga qaytarilgan ijtimoiy reabilitatsiya hamda sog‘lomlashtirish maqsadida Toshkent viloyatida hududidagi sanatoriyga joylashtiril ayollar bilan suhbatlashar ekan, ularning boshidan kechirgan voqealarini tinglab, savollariga javob berdi.
"Har bir bola, u qayerda tug‘ilganligidan qat’iy nazar, davlat himoyasi ostida bo‘ladi, onalari esa psixologik va ijtimoiy yordam bilan ta’minlanadi", degan Shahnoza Mirziyoyeva.
Bundan avvalroq, “Mehr” dasturini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maxsus komissiyasining Yaqin Sharqdan olib kelingan o‘zbekistonliklar bo‘yicha bayonoti haqida xabar bergan edik.
Ushbu bayonotda Respublikaga qaytarilgan o‘zbekistonliklar ijtimoiy reabilitatsiya hamda sog‘lomlashtirish maqsadida Toshkent viloyati hududidagi barcha kerakli sharoitlar yaratilgan sanatoriyga joylashtirilganligi haqida aytilgandi.
LiveBarchasi