“Shahidlar xotirasi” majmuasi nega o‘rab olindi? Hokimlik izoh berdi
Jamiyat
−
16 aprel 2021
11191Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” majmuasi o‘rab olingani bilan bog‘liq vaziyat muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shahar hokimligi Matbuot xizmati holat yuzasidan tushuntirish berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Qayd etilishicha, rekonstruksiya jarayonida hududdagi daraxtlarga zarar yetkazmagan holda qatag‘on qurbonlarining nomlari aks etgan ramziy kitob barpo etiladi, ramziy rotonda rekonstruksiya qilinadi, muzey xodimlari uchun alohida ma’muriy bino quriladi.
Shuningdek, aholi uchun maishiy xizmat binolari, milliy hunarmandchilik va savdo do‘konlari, ochiq amfiteatr va “Wi-Fi” xududlari barpo etish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi