Shahardan chiqib ketayotgan Ortiqxo‘jayev aeroportda to‘xtatib qolingani aytilmoqda
Jamiyat
−
16 yanvar 2023
109866Allaqachon sobiqqa aylangan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bugun, 16 yanvar kuni oilasi bilan mamlakatdan chiqib ketayotganda “Toshkent” xalqaro aeroportida to‘xtatib qolingan. Bu haqda bloger Nikita Makarenko shaxsiy manbalariga tayanib xabar berdi.
Uning ma’lum qilishicha, Ortiqxo‘jayev oila a’zolari bilan bugun tongda shahardan chiqib ketishga uringanida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 yanvar kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan olganini e’lon qildi. Uning ma’lum qilishicha, Ortiqxo‘jayev ogohlantirishlarga qaramay qishgaa lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagan.
"Quruq gap, yolg‘on hisobot bilan, pastga tushmagani uchun, noinsof, oyog‘i yerdan uzilgani uchun ishdan oldim", deydi Prezident.
Ma’lumot uchun, 48 yashar Jahongir Ortiqxo‘jayev bundan bundan 5 yil avval, 2018 yilning aprel oyida Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlangan edi. Bungacha u davlat ishida faoliyat yuritmagan, tadbirkorlik bilan shug‘ullangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev uni ilk bor xalqqa Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning 2018 yil 30 aprel – 1 may kunlari amalga oshirgan tashrifi doirasida Toshkentda bo‘lib o‘tgan biznes forumida tanishtirib, yangi hokim mutlaqo boshqa muhitdan yetishib chiqqani, byurokratiya tizimida ishlamagani, haqiqiy tadbirkor ekanligini aytgandi.
“Birinchi marta O‘zbekiston tarixida ishbilarmon, o‘zim ishongan ishbilarmonni Toshkent shahar hokimi qilib tayinladim. Bu tarixda bo‘lmagan”, degan edi. Mirziyoyev.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr