Shahar hokimi o‘z joniga qasd qildi
Olam
−
08:23 21829 2 daqiqa
Kecha, 22 dekabr kuni Qozog‘istonning Aqtobe viloyatidagi Temir shahri hokimi Yerkin Dalmagambetov o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda shahar hokimiyatiga yaqin manbalarga tayanib, “Diapazon” nashri xabar berdi.
Nashrning ta’kidlashicha, Temir shahar maqomiga ega bo‘lsa-da, u kichik aholi punkti bo‘lib, u yerda ikki mingdan sal ko‘proq kishi yashaydi.
Marhum hamkasbining vafoti Temir tumani hokimiyatida ham izohlangan.
“Bu biz uchun katta fojia, biz hamkasbimizni yo‘qotdik. Yerkin Dalmagambetov Temir shahri hokimi sifatida bir yildan ortiq ishladi. U o‘z vazifasini vijdonan, yuz foiz bajargan, juda jiddiy, maqsadga intiluvchan, tartibli va bosiq inson edi. Uni barcha hamkasblari va mahalliy aholi hurmat qilardi, unga yaxshi munosabatda bo‘lishardi”, degan Temir tumani hokimi Almas Jaqsilikov.
Hokim 20 dekabr kuni kechki soat to‘qqizlar atrofida o‘lik holda topilgan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha kuni u do‘stlari bilan uchrashgan. Tuman hokimiyati fojiali hodisani tasdiqlagan.
“Jasad uyida topildi. Hozirda har tomonlama tekshiruv olib borilmoqda”, degan Almas Jaqsilikov.
Yerkin Dalmagambetovning ikki nikohdan olti nafar farzandi bo‘lgan.
“Aniq holatlar o‘rganilmoqda, tergov davom etmoqda. Boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmaydi”, deyiladi politsiya xabarida.
Yerkin Dalmagambetov 46 yoshda bo‘lgan. U 2024 yil 3 iyundan buyon Temir shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Finlyandiya parlamentining binosida deputat o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi