SHHTning “Tolibon”ga munosabati qanday?

Olam

image

“Toliblar bilan muloqot o‘rnatish kerak, biroq Afg‘onistondan chiqadigan tahdidlarga ham qarshilik ko‘rsatish favqulodda muhim”. Bu haqda kecha, 17 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Dushanbeda o‘tgan yubiley sammit yakunidagi deklaratsiyada e’lon qildi.

SHHT mamlakatlari rahbarlari Afg‘onistondan shoshilinch tarzda chiqib, butun mintaqadagi xavfsizlikka putur yetkazgan AQSHning javobgarligini ko‘rsatdi. “Tolibon” amerikaliklar tashlab ketgan harbiy texnikani o‘zlashtirdi. Biroq, mamlakatda G‘arb ittifoqchilarining yigirma yillik mavjudligining boshqa izlari yo‘q: ijtimoiy-iqtisodiy ahvol falokat yoqasida.

SHHT rahbarlari “Tolibon”ni jamoat hayotini normallashtirish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘z va’dalarini bajarishga chaqirdi, chunki Afg‘oniston Yevroosiyoning ajralmas qismi hisoblanadi.

SHHT sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning xorijdagi aktivlarini blokdan chiqarishni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing