SHHTning BMTdan farqi nima?

Intervyu

image

Bugun, 15 sentyabr kuni Samarqandda boshlanishi kutilayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari sammiti butun dunyoda hafta mavzusi bo‘lib turibdi. Tashkilotning maqsad va vazifalari muhokama qilinishi bilan birga, uning boshqa tashkilotlardan farqi nimadaligi ham ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘limi boshlig‘i Komil Aripov  SHHT boshqa tashkilotlar, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotidan qanday farq qilishini tushuntirib berdi. 

“BMT global xarakterdagi xalqaro universal tashkilotdir. Biroq, unda amaldagi qaror qabul qilish prinsipi (ko‘pchilik yoki mutlaq ko‘pchilik) ushbu Tashkilot ichida kelishmovchiliklarning yuzaga keltiradi. Shuning uchun, jahon hamjamiyati BMTni alohida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning, "qaror qabul qilish markazlari"ning o‘ziga xos pozitsiyasiga aylanib qolgan. Va bu SHHT va BMT o‘rtasidagi asosiy muhim farqdir”, deydi u QALAMPIR.UZ savollariga javoban.

Uning aytishicha, SHHTning asosiy vazifalari siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda, shuningdek, ta’lim, energetika, transport, turizm, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa yo‘nalishlarda ko‘p tarmoqli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Tashkilot mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashni o‘z oldiga maqsad qilgan. Bu esa hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifalarning ko‘p tarmoqli xususiyatini, Tashkilotning universalligini ko‘rsatadi.

“Ammo SHHTning asosiy jozibadorligi iqtisodiy, harbiy rivojlanish darajasidan yoki erishilgan xalqaro obro‘-e’tibordan qat’i nazar, uning a’zolarining teng huquqliligidir. SHHT Nizomida Tashkilot qarorlari konsensus asosida qabul qilinishi belgilangan”, deydi ekspert.

Shuningdek, u Samarqandda o‘tkaziladigan SHHT sammiti g‘arb tuzilmalariga qarshi harbiy kuchga aylanishi mumkinligi haqidagi xalqaro ommaviy axborot vositalarida tarqalayotgan turli xabarlarga ham o‘z munosabatini bildirdi.

“Albatta, dunyodagi geosiyosiy qarama-qarshilik sharoitida jahon yalpi ichki mahsulotining 22 foizini tashkil qiluvchi  ushbu iqtisodiy va harbiy jihatdan qudratli tashkilotni o‘ziga og‘dirishga urinishlar kuzatilmoqda va kelgusida ham kuzatiladi. Biroq, SHHT o‘zaro hamkorlikka ochiq tashkilot bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi ham.

O‘zbekistonning SHHTning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollariga oid pozitsiyalari va yondashuvlari doimo aniq bo‘lib kelgan. O‘zbekiston doimiy ravishda mazkur tashkilotning faoliyatida asosiy e’tiborni iqtisodiy yo‘nalishga qaratishni maqsadga muvofiq deb biladi”, dedi Komil Aripov.

Mutaxassis SHHT Nizomiga ko‘ra, uning asosiy faoliyati a’zo davlatlarning har tomonlama rivojlanishi va konstruktiv hamkorligiga ko‘maklashish, mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni birgalikda ta’minlash va saqlashga qaratilganini alohida urg‘ular ekan, O‘zbekiston faqat tinchlik tarafdori ekanini qo‘shimcha qildi.

Hulkar Murtazoyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

294

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing