SHHT va KXSHT davlatlari rahbarlari ilk bor Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Shanxay hamkorlik tashkiloti va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Dushanbeda ilk bor Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

“2021 yil 17 sentyabr kuni Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti davlat rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi”, deyilgan xabarda.

Shanxay hamkorlik tashkiloti

Shanxay hamkorlik tashkiloti – mintaqaviy xalqaro birlashma. Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston tashkilotning to‘laqonli a’zolari hisoblanadi. SHHTda to‘rtta davlat kuzatuvchi maqomiga ega (Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston), yana olti davlat tashkilotda muloqot hamkori maqomiga ega (Armaniston, Ozarbayjon, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka). 2021 yilda SHHTga Tojikiston raislik qilmoqda.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi 1992 yilda Toshkentda imzolangan, 2002 yilda tegishli tashkilot tuzishga qaror qilingan. KXSHTga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston a’zo. Tojikiston 2020-2021 yillarda KXSHTga raislik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing