SHHT bir qutblilikka samarali qarshilik ko‘rsata oladi – Eron

Olam

image

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy Tehronga tashrif buyurgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashdi. Bu haqda Eronning ISNA agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv chog‘ida Raisiy o‘z mamlakati SHHT davlatlari bilan do‘stlik va o‘zaro hamkorlikka katta ahamiyat berishini ta’kidlagan. 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashkilotga a’zo davlatlar aholi sonining ko‘pligidan tashqari, boy tabiiy resurslar va keng hududlarga ega. Bu esa SHHTga xalqaro munosabatlar tizimida muhim rol o‘ynash va “bir qutblilikka samarali qarshilik ko‘rsatish” imkonini beradi.

O‘z navbatida, SHHT Bosh kotibi Chjan Ming ham Eron o‘zining boy tarixini hisobga olgan holda SHHTning faol a’zosiga aylanishi mumkinligiga ishonch bildirgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti Eron Prezidenti Ibrohim Raisi ham ishtirok egan. Sammitda Eron SHHTga a’zo davlat maqomini olishi bo‘yicha majburiyat memorandumi imzolangan. Tegishli majburiyatlarni bajargandan so‘ng, mamlakat tashkilotga a’zo bo‘lishning rasmiy tartibini yakunlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made