Sevastopolga hujum uyushtirildi (video)
Olam
−
24 aprel 2023
36819Bugun, 24 aprel kuni tungi soat 03:30 da Sevastopol yo‘lida Rossiya Qora dengiz flotining asosiy bazasiga hujum uyushtirishga urinish qayd etildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
“Mavjud vaziyatga ko‘ra: suv osti kemalariga qarshi mudofaa kuchlari tomonidan bitta yer usti droni yo‘q qilindi, ikkinchisi o‘z-o‘zidan portladi. Hamma narsa tashqi yo‘lda sodir bo‘ldi, hech qanday ob’ektga zarar yetmadi”, deydi Sevastopol gubernatori Mixail Razvozjayev.
Sevastopol ma’muriyatining xabariga ko‘ra, dronlar ko‘rfazga kira olmagan. Ko‘rfazga kiraverishda dronlar va suv osti kemalariga qarshi maxsus panjara o‘rnatilgan.
LiveBarchasi