Sevara Nazarxon AQSH davlat kotibining sevimli qo‘shiqchilari ro‘yxatidan joy oldi

Madaniyat-san’at

image

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken 2021 yil yakunida o‘zining eng yoqtirgan ashulalari ro‘yxatini e’lon qildi. 36 ta qo‘shiq joy egallagan pleylistda Sevara Nazarxonning "Na pauzu" qo‘shig‘i ham bor. 

“Musiqa odamlarni birlashtiradi – u chegaralarni va bizni ajratib qo‘yadigan boshqa narsalarni ortda qoldiradi. Men yil davomida tinglagan sevimli qo‘shiqlarim joy olgan pleylistim ro‘yxatini siz bilan baham ko‘ramoqchiman. Umid qilamanki, siz ham men kabi zavqlanasiz”, deya yozib qoldirgan Blinken o‘zining Twitter’dagi sahifasida. 

Ma’lum bo‘lishicha, Entoni Blinkenning sevimli qo‘shiqlaridan iborat bo‘lgan ikkita pleylisti bor. Biri mahalliy xonandalarning qo‘shiqlaridan tuzilgan bo‘lsa, ikkinchisiga u xizmatda bo‘lgan mamlakatlarni eslatuvchi taronalar jamlangan.

AQSH Davlat kotibining sevimli musiqalari jamlangan pleylistida afg‘onistonlik xonanda Oriyona Sayidni "Nafasam" qo‘shig‘ini hamda tojikistonlik xonanda Safarmuhammad Rustamning "Kamarob" nomli ashulasini ham ko‘rish mumkin.

Ro‘yxatdan Sevara Nazarxon bilan bir qatorda hindistonlik qo‘shiqchi Arjit Singh, pokistonlik Aruj Aftab tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar ham joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

395

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing