Seulda O‘zbekiston va Koreya TIV rahbarlari uchrashdi

Jamiyat

image

Seulda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasining yangi Tashqi ishlar vaziri Cho Txe-yul bilan uchrashdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

"Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Cho Txe-yul janoblari bilan uchrashganimizdan mamnunmiz", deb yozgan Baxtiyor Saidov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalariga qaratilgan keng qamrovli kun tartibi yuzasidan suhbatlashilgan. Shuningdek, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi muloqotlar muhokama qilingan. 

Saidovga ko‘ra, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘tgan yili ta’sis etilgan Strategik muloqot doirasidagi qizg‘in hamkorlikni davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Cho Txe-yul 2024 yilning 12 yanvarida o‘z lavozimiga kirishgan edi.

19 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Vetnamga rasmiy tashrifi yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Janubiy Koreya uchrashuv Tashqi ishlar vazirlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing