Serxio Aguero shifoxonaga yotqizildi

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Serxio Aguero shifoxonaga yotqizildi, yaqin orada uning yuragi tekshiriladi. Bu haqda klubning Twitter sahifasida ma’lum qilindi.

Gap shundaki, 33 yoshli argentinalik futbolchi La liga 12 turidan o‘rin olgan “Alaves”ga (1:1) qarshi o‘yinning 41-daqiqasida ko‘krak qafasidagi noqulaylik va yengil taxikardiya tufayli almashtirildi. Uning o‘rniga Filippe Koutino bahsga qo‘shildi.

Shuningdek, Kataloniya klubi himoyachisi Jerar Pike ham 70-daqiqada almashtirildi. U o‘ng oyoq  mushaklaridagi og‘riq tufayli maydonni tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, “ko‘k-anorranglilar” sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman Aguero 90 daqiqa maydonda harakat qila olmasa-da, kelgusi o‘yinlarda undan foydalanmoqchi ekanini ma’lum qilgan edi. Biroq, Kuman ishdan bo‘shatildi.

Ma’lumot uchun, Aguero yangi jamoasi tarkibida 3 ta o‘yin o‘tkazdi va “Real Madrid”ga qarshi kechgan “El klasiko”da raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Serxio Aguero Ronal'd Kuman Jerar Pike

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing